Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Mahalla tajribasi ommalashadi

Samarqand shahrining Mehrobod mahallasi, qadimiy mahallalardan biri. Bu yerda aholi xonadonlari, ko‘cha va xiyobonlarni obodonlashtirish, tartibga keltirish, daraxtlarga shakl berish, qabriston hamda ariqlarni tozalash ishlari deyarli nihoyasiga yetdi.

Samarqand shahridagi Saidrizo Alizoda nomli mahallada xalq deputatlari viloyat va Samarqand shahar Kengashlari deputatlari tashabbusi bilan mahallalarda obodonlashtirish ishlarini, keng tartibda, xashar yo‘li bilan o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati xaqida ma’lumot berishdi.

Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, mo‘tadil tabiiy muhit yaratish avvalambor inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qo‘shadigan hissasi xaqida fikr yuritildi.

Saylov okrugiga qarashli 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilishi, xasharda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahallalardagi sakkizlik vakillari, ko‘chaboshi va faollarning zimmasiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Mehrobod mahallasi tajribasini ommalashtirish, mahallalarni obod maskanga aylantirish yuzasidan amaliy tadbirlar boshlab yuborildi.

Slide 1 of 3