Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
O’zLiDeP Margilon shahar Kengashi deputatlari “Yashil makon” tadbirlariga hozirlik ko’rmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 4 apreldagi “Mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yilgan boʼlib, Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlari mahallalarda o’rganishlar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, O’zLiDeP Margilon shahar Kengashi deputatlari O.Axmatshayev, Z.G’ofurova, E.Yunusov, A.Mahkamov va B.Djalilovlar shahardagi Chilonzor, Pichoqchi, A.Navoiy, Mustaqillik va Turon mahallalarida bo’lib, u yerdagi obodonlashtirish ishlarini mahalla yettiligi bilan birgalikda olib bormoqdalar.

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan edi. Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.

O’zLiDeP Margilon shahar Kengashi deputatlari ham “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida hududdagi daraxt ko’chatlarini ekish mumkin bo’gan joylarni aniqlab, “ Yashil makon” tadbirlari uchun shay holatga keltirmoqdalar.

Slide 1 of 5