Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
MUROJAATLAR IJOBIY YECHIM TOPMOQDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Dildora Ismoilova Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Bahoriston” mahallasida yashovchi saylovchilari bilan uchrashib, ularni oʻylantirib kelayotgan muammolarini oʻrgandi. 

Deputat dastavval mahalla faoliyati bilan tanishdi, jumladan, mahalla tarkibida 703 ta xonadon, 996 ta oila, nogironligi boʻlgan fuqarolar 79 nafarni, ishsizlar soni 50 nafar, shundan 40 nafarini ayollar tashkil qiladi. 

Saylovchilar bilan suhbatlashilganda, mahalla drayveri dehqonchilik va chorvachilik ekanligi ammo aholining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishda sugʻorish uchun oqar suv yetishmovchiligi muammosidan qiyinchilik va muammolarga duch kelinayotgani aholi tomonidan bayon
etildi.

Shuningdek, Oybek koʻchasining yoʻli taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani bois, aholi va yoʻlovchilar yomgʻirli kunlarda aziyat chekishayotgani toʻgʻrisida eʼtirozlar boʻldi. 

S.Saidovaning boquvchisi yoʻqligi, qaramogʻida 2 nafar farzandi borligi bitta farzandi tugʻma nogiron ekani lekin doimiy yashash joyi va doimiy ish joyi yoʻqligi, ajrimdan oldin va keyin aliment uchun sud ijrosi taʼminlanmaganligi, ijtimoiy ahvoli qoniqarsizligi ammo “ayollar” yoki “temir” daftarga kiritilmaganligi toʻgʻrisida bayon etib, amaliy yordam soʻradi. 

Y.Bobojonovaning tikuvchilik qilishi uchun tikuv mashinasi, H.Davletovaning boquvchisi yoʻqligi va qaramogʻida tugʻma kasalmand farzandi borligi sababli qulay boʻlgan ishga joylashtirish, O.Rajabovaning 3-guruh nogiron farzandini nogironlik guruhini qayta koʻrib berishlarini soʻrab qilgan murojaatlari deputat tomonidan eʼtiborga olindi va yechimini topish choralari ogʻzaki va deputatlik soʻrovlari orqali boshlab yuborildi. 

Bir soʻz bilan aytganda, deputatning bu kabi saʼy harakatlari saylovchilarning oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashlari uchun xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3