Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
MEMORANDUM IMZOLANDI

Joriy yilning 5-fevral kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi hamda Oʻzbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Xorazm viloyati hududiy boʻlimi oʻrtasida “Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida”gi memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum bilan xalq deputatlari viloyat Kengashi va Oʻzbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi viloyat hududiy boʻlimi oʻrtasida mamlakatimizda nogironlarga oid davlat siyosati doirasida qabul qilinayotgan qonun, Farmon va qarorlarni hududlarda ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan oʻzaro hamkorlikning mazmuni, yoʻnalishlari va tartibi belgilandi.

Shuningdek, tadbir davomda Oʻzbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Xorazm viloyati hududiy boʻlimining 2025-yil uchun ish rejasi tasdiqlandi.

Slide 1 of 1