Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, uchinchi sessiyasi o‘tkazildi

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Tumanda 2025 yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida. 

2. Nurobod tumanining 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-15-son Farmonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Korayevning hisoboti haqida. 

4. Nurobod tumanidagi “Qo‘yboqar” kollektorini ta’mirlash va tiklash loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida. 

5. Nurobod tumanida 5-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Xakulovaning hisoboti to‘g‘risida. 

6. Nurobod tumanidagi nomsiz 1166 ta ko‘cha nomlarini nomlash va 138 ta mavjud ko‘cha nomlarini qayta nomlash to‘g‘risida. 

Sessiyada ko‘tarilgan har bir masala xalq vakillari tomonidan atroflicha muhokama etilib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 7