Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Vobkent: Choyxona qishlogʻilik Toʻxtayevlar issiqxonasida bulgʻor qalampiri yetilmoqda

Ayni kunda hududdagi Pichoqchi, Xalach, Ogʻari, Kaltarabot, Rome, Boylik, Shakarkent kabi qishloqlarda umumiy hisobda 1 ming 69 ta xonadon, 2 ming 300 ga yaqin oila va jami 5 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan boʻlsa, ularda aholi tomorqalaridan, issiqxonachilik xoʻjaliklarida istalgan fasl yoki mavsumda sara hosil yetishtirilayotganini koʻrish mumkin. 
Jumladan, Xalach va Pichoqchida chogʻroqqina ekin yeridan yilda 3-martagacha hosil olish hadisini oʻzlashtirgan mirishkor oilalar talaygina. Mahallada “Bir qishloq – bir mahsulot” tamoyili asosida pomidor, bodring, kartoshka, karam va boshqa sabzavot mahsulotlari, “toʻqsonbosti” ekinlar, qolaversa, koʻkat yetishtirib moʻmay foyda olish yaxshi anʼanaga aylangan. 
Koʻp yildirki, mahalla mirishkorlari oʻz issiqxonalarida barakali hosil yetishtirib, nafaqat mahalliy bozorda, balki qoʻshni tumanlarga ham sotib, shuning orqasidan daromad orttirib kelishmoqda. Omilkorlar mahallasida masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Vobkent tomorqa xizmati” korxonasi, “Vobkent tomorqa eksport xizmati” kooperativi, yaʼni issiqxona xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlovchi subyektlar faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgani dehqon–mirishkorlar uchun ayni muddao.
“Xalach” MFY Choyxona qishlogʻida yashovchi Shahzoda Toʻxtayeva xonadonida ham oila aʼzolari 15 yildan buyon issiqxonada ishlab, har yili qishki mavsumda qishloq xjaligi mahsulotlari yetishtirib kelishayotgani tahsinga loyiq. Tomorqa yerining 3 sotix maydonidagi issiqxonada shu kunlarda bulgʻor qalampiri yetishtirilayotgan  boʻlib, mirishkorlar bundan hademay 13 millon soʻm daromad olishni koʻzlab turishibdi. 
Oila bekasi Shahzoda Toʻxtayevaning aytishicha, yil boshidan ekin yerining bir qarichini ham boʻsh qoldirmasdan, unda peshma-pesh kartoshka, pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri parvarishlab kelishayotgani natijasida xonadonda roʻzgʻor kam-koʻsti qoplanmoqda. Bu oilaning 4 nafar aʼzosi tinib-tinchimasligi ortidan har yilgi “reja-grafik”ka binoan, fevral, mart oylarida ertapishar pomidor koʻchatlari urugʻdan ekib undirilib, tomorqachi aholi xonadonlariga yetkazib beriladi. Albatta, bundan erishilayotgan foyda ham chakkimas. Bu barobarida hududdan saylangan deputat Sh.Saidova ham doimiy shunga o'xshash oilalarning muammolarini hal qilishda ko'makchi bo'lmoqda.
 

Slide 1 of 4