Buloqboshi tumani Kengashi deputatlari hayrli ishlarni
davom ettirmoqda
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashiga 10-Shirmonbuloq okrugidan saylangan deputat Akramov Doniyorbek Abduraxmonovich tomonidan Shirmonbuloq va Navoiy mahallalaridagi oilalar holidan xabar olindi hamda ularga oziq-ovqat maxsulotlari berildi. Shuningdek, deputat tomonidan xududda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi.
Shuningdek Shirmonbuloq mahallasi hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko'chatlari ekish ishlari tashkil etildi.