Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Kengash_faoliyati

#_Deputatlik nazorat-taxlil tadbirlari

Bandixon tumani hududida suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘orish tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda.

So‘nggi yillarda suv tanqisligi global muammoga aylanib borayotgan bir sharoitda, mavjud suv manbalarini asrash va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda tumanda aniq reja va amaliy chora-tadbirlar asosida sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovich o‘zining saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. 

 

Bandixon tumanida ichki ariqlar va kanallarni betonlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar suvning yerga singib ketishi va ortiqcha yo‘qotilishini oldini olish, suv oqimini tartibga solish hamda dalalarga yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ayni paytda betonlash ishlari tumanning “Gulbog‘” mahallasi hududidagi ichki ariqlarda olib borilmoqda. Jarayonda tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi xodimlari, hashar yo'li orqali mahallaning faol fuqarolari hamda maxsus texnikalar jalb etilgan. 

Betonlashtirilgan kanallar orqali:

✅Suv yo‘qotilishi keskin kamayadi;

✅Sug‘orish samaradorligi ortadi;

✅ Ekin maydonlari o‘z vaqtida va yetarli miqdorda suv bilan ta’minlanadi;

✅ Hosildorlik oshadi;

✅ Fermer va dehqonlarning daromadi ko‘payadi.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 9