O1-Navro‘z saylov okrugi deputati K. Berdiqulov hamda Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi N. Samandarova, mahalla raisi ishtirokida Navro‘z mahallasi Zarafshon ko‘chasi 9-A ko‘p qavatli uylar hududida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mazkur hududdagi mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimi, ichimlik suvi ta’minoti, bolalar sport maydonchasining holati, obodonlashtirish va sanitariya masalalari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar diqqat bilan tinglanib, har bir masala bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.