Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI

 Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati T.Soliyev XDP tuman tashkiloti raisi v.b. G.Raximova va
Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi A.Maxammadjonovlar ishtirokida Xamrak mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 

Uchrashuvda obodonlashtirish ishlari, yoshlar va ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yosh oilalarda ajrimlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida bir nafar fuqaro davolanishga muhtojligini, ammo mablag‘ yetishmayotganini bildirib, amaliy yordam so‘radi. Masala yuzasidan deputat T. Soliyev tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Karimov bilan hamkorlikda fuqaroni bepul davolanishi uchun choralar belgilandi.  

Slide 1 of 5