Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida

Mahalla faoliyati deputat e’tiborida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulsevar To‘rayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati jamoasi hamkorlikda Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, «mahalla yettiligi» a’zolarining faoliyatini o‘rgandi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin -qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.