Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Mahallada deputat qabuli o‘tkazildi.

Mahallada deputat qabuli o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengash deputati Safargul Rajabova “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar tomonidan mahallaning infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan ichki yo‘larni ta’mirlash, eski sim yog‘och ustunlarini temir beton ustunlarga almashtirish, ichimlik suvi bo‘yicha yangi quvurlar tortish va boshqa masalalar bo‘yicha tushgan murojaatlar mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni amaldagi tartiblar asosida hal etish choralari belgilanib, muddat talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ullar tomonidan ijro uchun qabul qilingan bo‘lsa, ayrim masalalar yuzasidan esa shu joyning o‘zida tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Mazkur sayyor qabul davomida Prezidentimiz tomonidan 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili deb e’lon qilinishi mamlakat taraqqiyotini yuksaltirish ekanligi ta'kidlandi