Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik o‘rni bo‘sh qolgan okruglar joylashgan mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev va kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlik o‘rni bo‘sh qolgan "Yangi Toshkent" mahallalasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o'rganish va tahlil qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu o'rganish natijasida, bir qator masalalar yuzaga chiqqan bo'lib, ularga yechim topish uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish rejalashtirildi.

Xususan, Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva va "Yangi Toshkent" mahalla yettlik vakillari MFY raisi Sh.Karabayev, yoshlar yetkachisi M.Abdullayev, ijtimoiy hodim D.Abduraximov hamda profilaktika inspektori B.Iskandarovlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida, mahallalarda yuzaga kelgan asosiy masalalar, uyushmagan yoshlar muammolari va mavjud ijtimoiy obyektlar o'rganildi. Mahalla yettiligi va fuqarolar bilan yaqindan tanishish maqsadida o'tkazilgan yig'ilishda, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan qiyinchiliklar va ehtiyojlar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, mavjud bo'sh ish o'rinlari va ularning samarali taqsimlanishi haqida ham tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq vakillari kelgusida fuqarolarning barcha masalalarini tizimli ravishda tahlil qilish va har bir masalani to'liq hal qilish bo'yicha yondashuvni taklif etdi. Shu bilan birga, mahalla yettilik vakillari bilan yaqindan hamkorlikda ishlash, fuqarolarni qo'llab-quvvatlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish zarurligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 7