Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Jizzax viloyatida islohotlar samaradorligini oshirish - dolzarb vazifa

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishi hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan muhim siyosiy tadbir bo‘ldi. Unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati atroflicha tahlil qilinib, erishilgan yutuqlar bilan birga mavjud muammolar ochiq-oydin muhokama qilindi. 

Yig‘ilish davomida sanoat, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududlarda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, joylardagi mas’ul rahbarlarning javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Rasulova Tansikoy Niyatullayevna, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati