Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi mazmun-mohiyati bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Ushbu tadbirda xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi raisi S.Nurmahmatov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Sherboyev va tuman deputatlari, mas’ul tashkilotlar, nuroniylar, mahalla raislari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, aholi bandligini ta’minlash va inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish hamda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son farmoniga muvofiq “O‘zbekiston–2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotining o‘rta muddatga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari, maqsadlari hamda ularga erishish bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilab berildi.

Shuningdek, “maqsad–harakat–natija” zanjiriga asoslangan mutlaqo yangi strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etilgani “O‘zbekiston–2030” strategiyasini yangi talablar asosida takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ushbu omillar “O‘zbekiston–2030” strategiyasini yangilash va 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi samaradorlik ko‘rsatkichlarni belgilashni talab etmoqda.

Tadbir davomida — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning ahamiyati yuzasidan atroflicha muhokama olib borildi.

“O‘zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etishini hamda mazkur strategiyaning mamlakatni barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlardagi o‘rni va ahamiyati haqida tuman deputati Tangirov Tursunqul tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi.

Slide 1 of 9