Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
PF–71-sonli farmon ijrosi doirasida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

 PF–71-sonli farmon ijrosi doirasida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi 

O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF–71-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy
shahrida izchil targ‘ibot-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Joriy
yilning 15-dekabr kuni Navoiy shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 16-sonli umumta’lim
maktabida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
 

Mazkur uchrashuvda
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati G.Xasanova ishtirok etib, maktabning
yuqori sinf o‘quvchilari bilan erta turmushning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida
ongli qaror qabul qilish, ta’lim olishning ahamiyati va kelajak rejalarni to‘g‘ri
belgilash masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalar berdi.
 

Uchrashuv davomida
erta nikohning sog‘liq, ta’lim va ijtimoiy hayotga salbiy ta’siri, qonunchilikda
belgilangan nikoh yoshi, shuningdek, yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida
misollar asosida tushuntirish ishlari olib borildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan
savollarga deputat tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
 

Targ‘ibot uchrashuvi
interaktiv va ochiq muloqot shaklida o‘tib, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi
va faolligi bilan ajralib turdi. Bunday tadbirlar yoshlar ongida sog‘lom hayot tarzini
shakllantirish, erta turmushning oldini olish va kelajakka mas’uliyat bilan yondashishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Uchrashuv yakunida
bunday targ‘ibot ishlarini tizimli ravishda davom ettirish, ta’lim muassasalari
va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 3