Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
“Nurli maskan” maktab-internatida inklyuziv ta’lim, innovatsiyalar va deputat tashabbuslari

“Nurli maskan” maktab-internatida inklyuziv ta’lim, innovatsiyalar va deputat tashabbuslari

➡️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva o‘z saylov okrugida joylashgan 60-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan inklyuziv ta’lim sharoitlari, amalga oshirilayotgan loyihalar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

➡️Samarqand viloyat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi mazkur maktab-internatda hozirgi kunda 268 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda, ulardan 95 nafari — qiz bolalar. O‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilan 110 nafar pedagoglar shug‘ullanib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

➡️Maktabda 2025 yilda inklyuziv ta’lim yo‘nalishida qator islohotlar amalga oshirilib, joriy yilda 9 nafar o‘quvchi inklyuziv maktablarga integratsiya qilingan.  

➡️2024–2025 o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, 12 nafar bitiruvchidan 6 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi, 6 nafari esa ishga joylashtirildi. Shuningdek, 2 nafar o‘quvchi ingliz tilidan CEFR sertifikatiga ega bo‘ldi.

➡️Sportda yuksak yutuqlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 10-“A” sinf o‘quvchisi Jalolova Rushana “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Respublika bosqichida yengil atletika bo‘yicha I-o‘rinni egallab, ikki karra O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

➡️Quvonarlisi, mazkur maktabda “Poyafzal ishlab chiqarish” amaliy mehnat loyihasi doirasida 15 nafar o‘quvchi ishtirok etayotgan mazkur loyiha yoshlar uchun amaliy mehnat ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash va kasbiy tajribani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

➡️Uchrashuv davomida maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baturova Sanobar Juramurodovna ta’lim jarayoni va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga oid bir qator takliflarni deputat Nargiza Abdullayevaga bildirdi. Deputat mazkur takliflarni atroflicha o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.

➡️Shuningdek, deputat tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun maxsus chuqurlashtirilgan ko‘rik (diagnostik baholash) tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu tashabbus o‘quvchilarning imkoniyatlarini aniq baholash, individual rivojlanish rejalarini shakllantirish hamda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

✈️@sam_vil_deputatlari (https://t.me/sam_vil_deputatlari)

Slide 1 of 10