Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. 

Президент Шавкат Мирзиёев начал свою поездку в Самарканд с посещения мавзолея Имама Бухари.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ImomBuxoriy

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanishish hamda kelgusidagi vazifalarni faollar ishtirokida belgilab olish uchun Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 

Davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifini taomilga ko‘ra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. 

Prezidentimizning tashabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Umumiy maydoni 45 gektarni tashkil etadigan hududda ulkan maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurildi. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan. 

Bu joy faqat ziyorat emas, ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat maskani bo‘lishi, Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlar uchun ezgu namuna bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinib, majmuada innovatsion muzey tashkil etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. 

Majmua avval bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. 

Bundan tashqari, hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi joylashgan. 

Ziyoratgoh atrofida 570 milliard mablag‘ sarflanib, mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari tashkil etildi. Bunda 1 ta to‘rt yulduzli, 2 ta uch yulduzli hamda 22 ta oilaviy mehmon uyi qurilgan. Mazkur obyektlar to‘liq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanib, hududi obodonlashtirilgan. 2026-yilga qadar hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbari Imom Buxoriy ziyoratgohi xalqimizning boy ma’naviy merosi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi bo‘lganini ta’kidlab, majmuada ayni paytda olib borilayotgan so‘nggi obodonlashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi. 

Slide 1 of 7