Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Deputat mahallada

   

Tibbiy ta’minot nazoratda: Deputat Komilova bepul dori
taqsimotini o‘rgandi
 

Fayzabod okrug deputati D.Komilova hududdagi tibbiyot bo‘limida aholiga
bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida amaliy
tashrif amalga oshirdi. Tashrif davomida dorilar zaxirasi, ularning o‘z vaqtida
qabul qilinishi va bemorlarga adolatli taqsimlanish jarayonlari atroflicha
ko‘zdan kechirildi.
 

Deputat tibbiyot bo‘limi mas’ullari bilan suhbatda dori-darmonlarni qabul
qilish tartibi, hujjatlashtirish jarayoni va mavjud ehtiyojlarni qondirish
imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumot oldi. Shuningdek, bemorlar bilan muloqot qilib,
ularga dori berilishda kechikish yoki yetishmovchilik holatlari bor-yo‘qligi
o‘rganildi.
 

Komilova mas’ullarga aholiga ajratiladigan dori-darmonlar ustidan qat’iy
nazorat o‘rnatish, tartib-intizomni kuchaytirish hamda zarur hollarda
qo‘shimcha zaxira shakllantirishni taklif etdi.
  

Slide 1 of 3