Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Quva tumani Xonobod mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Quva tumani Xonobod mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 

Quva tumani Xonobod mahallasi fuqarolar
yig‘inida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati N.Mannopova, tuman
Kengashi deputatlari M.Axmadalieva va S.Bo‘rievalar ishtirokida aholi bilan ochiq
muloqot bo‘lib o‘tdi.
 

Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar,
“mahalla yettiligi” a’zolari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.
 

Muloqotning asosiy maqsadi – Prezident
Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ishlar haqida aholini xabardor
qilish, shuningdek, joylardagi muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash
hamda ularga amaliy yechim topish orqali xalq bilan davlat idoralari o‘rtasidagi
muloqotni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
 

Tadbirda deputatlar tomonidan tumanni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholini
ijtimoiy himoya qilish, infratuzilmalarni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish
va yangi ish o‘rinlari yaratishga oid chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot
berildi.
 

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda
o‘tdi. Aholi vakillari bunday muloqotlar xalqning muammolarini eshitish, ularni
joyida hal etish va jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini
ta’kidladilar.
 

Tadbir yakunida deputatlar aholi
tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni umumlashtirib, ularni amaliy
hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqdilar
  

Slide 1 of 4