Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 

Quva tumani
Qalinpo‘stin mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi
deputati M.Sayfidinova, tuman Kengashi deputati R.Nodirov hamda tuman Adliya bo‘limi
boshlig‘i G.Qodirovalar tomonidan aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
 

Uchrashuvda
mahalla faollari, nuroniylar, “mahalla yettiligi” a’zolari, yoshlar
yetakchilari hamda fuqarolar faol ishtirok etdilar.
 

Muloqotning
asosiy maqsadi – aholiga davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan
ishlar haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, joylardagi mavjud muammolarni
o‘rganish, aholi murojaatlarini tinglash va ularga amaliy yechimlar topish orqali
xalq bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashdan iborat
bo‘ldi.
 

Uchrashuv davomida
deputatlar tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar, “Mahallabay ishlash” tizimining mazmun-mohiyati, aholini ijtimoiy himoya
qilish, shuningdek, mahallalarda infratuzilmalarni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish
va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha
ma’lumotlar berildi.
 

Shu bilan birga,
fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan deputatlar va mutasaddi rahbarlarga
savollar bilan murojaat qildilar. Ko‘tarilgan har bir murojaat bo‘yicha joyida tegishli
choralar ko‘rildi, ayrim masalalar esa mas’ul tashkilotlar nazoratiga olindi.
 

Muloqot ochiq
va samimiy muhitda o‘tdi. Aholi vakillari bunday uchrashuvlar xalqning dardini eshitish,
muammolarni joyida hal etish hamda jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etishini ta’kidladilar.
 

Tadbir yakunida
deputatlar tomonidan aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilib,
ularni amaliy hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 3