Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!

Bugun ekologiyani asrash, yashil hududlarni kengaytirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha orqali shahar va tumanlarda yashil maydonlar qamrovini oshirish, ekologik muvozanatni tiklash hamda aholiga yanada qulay yashash muhiti yaratish ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda Kogon tumanida ham loyiha doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan barcha hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari, ayniqsa dala maydonlari va yo‘l bo‘ylarida noyob, manzarali daraxt ko'chatlari ekilmoqda. Mazkur ishlar nafaqat hududning ko‘rkamligini oshiradi, balki kelgusida iqtisodiy samaradorlik ham berishi, ekologik muhitni yaxshilashi bilan ahamiyatlidir.

“Yashil makon” loyihasining Kogon tumanida olib borilayotgan amaliy ishlari — ekologik farovonlik, toza havo va yashil muhitni avlodlarga meros sifatida qoldirishga qaratilgan ezgu tashabbusning yana bir yorqin ko‘rinishidir.

Xususan, Kogon tuman Ekologik Partiyasi, tuman Ekologiya bo'limi hamda tuman Favqulotda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda tumanning O'zbekiston mahalla fuqarolar yig'ini hududida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ekilib ko'rkam bog' yaratdilar.

Siyosiy partiyaning tuman tashkilotlari bilan bo'lgan bu kabi hamkorligi kelgusidagi ishlarda ham o'z samarasini ko'rsatadi desak mubolag'a bo'lmaydi. 

Slide 1 of 11