Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
# Депутатлик_гуруҳи_эшитуви

#Депутатлик_гуруҳи_эшитуви    

🔰 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Eshituvda Qo‘shko‘pir tuman elektr ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Yusupovning joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari, kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik holati yuzasidan axboroti, shuningdek “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali “Qo‘shko‘pirtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i J.Piryazovning joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari, kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik holati yuzasidan axborotlari tinglandi.

🔰Eshituvda deputatlar ijtimoiy soha ob’yektlari va boshqa toifadagi iste’molchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha muntazam ravishda o‘rganishlar olib borish lozimligini alohida qayd etdilar.

✔️Muhokamalarga boy bo‘lgan yig‘ilishda deputatlar har bir masalani atroflicha muhokama qilib, ustuvor vazifalarni belgilab oldilar. Har bir deputatlar o‘zi saylangan okrugda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazorat qilib, aniqlangan kamchiliklarni soha mutasaddilari bilan hamkorlikda joyida hal qilib borilishi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1