Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Termiz tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi:

Termiz tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2025-yilning avgust–sentabr oylarida tumandagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlarda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, tarbiyaviy jarayon sifati, pedagog va tarbiyachilar malakasi, ovqatlanish tartibi, gigiyena va sanitariya talablari bajarilishi, shuningdek, moddiy-texnik baza masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Deputatlar joylarda mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berdilar. Xususan, ayrim bog‘chalarda isitish tizimini yangilash, bolalar maydonchalarini ta’mirlash, o‘quv-didaktik vositalarni boyitish hamda qo‘shimcha o‘rinlar yaratish zarurligi qayd etildi.

O‘rganishlar yakunida tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 6