Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
⚡️RASMIY XABAR

 Joriy yilning 17-noyabr kuni soat 09:00da viloyat hokimligi binosining katta majlislar zalida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkaziladi. 

Sessiya kun tartibidan

👉 "Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va davlat tiliga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning viloyat hududida ijro etilishi hamda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiya faoliyati samaradorligi toʻgʻrisida"gi; 

👉 "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻining joriy yil 3-chorak yakuni boʻyicha viloyatda davlat mulkini xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida"gi; 

👉 "Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyihalar konsepsiyalarini kelishish toʻgʻrisida"gi; 

👉 "Buxoro viloyatida huquq ustuvorligi indeksi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi; 

👉 "Buxoro viloyatining Romitan, Jondor hamda Buxoro tumanlaridagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi; 

👉 "Buxoro viloyatidagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari hududining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida"gi;  

👉 "Buxoro
viloyati transport boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarning holati toʻgʻrisida"gi masalalar oʻrin olgan.
 

Sessiya viloyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, shuningdek, "Buxoro" telekanali orqali toʻgʻridan toʻgʻri namoyish etiladi.

  

🕊Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi (https://t.me/XDBVK)