Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQSHning Yuta shtati biznes delegatsiyasi bilan uchrashuvi – yangi hamkorlik yo‘nalishlariga yo‘l ochmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQSHning Yuta shtati biznes delegatsiyasi bilan uchrashuvi – yangi hamkorlik yo‘nalishlariga yo‘l ochmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini izchil oshirib bormoqda. Buning yorqin namunasi sifatida davlatimiz rahbarining AQSHning Yuta shtati biznes delegatsiyasini qabul qilishi muhim ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Yuta shtati o‘rtasidagi iqtisodiy, investisiyaviy va innovasion hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan AQSH bilan strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish, ayniqsa, texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, ta’lim va turizm sohalarida amaliy loyihalarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.

Yuta shtati delegatsiyasi tarkibidagi yirik kompaniyalar va tadbirkorlar O‘zbekistonda yaratilayotgan qulay investisiya muhitini yuqori baholab, kelgusida qo‘shma korxonalar tuzish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi. 

Ayni paytda, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar — xususiy mulkni himoya qilish, soliq va bojxona tizimini soddalashtirish, investisiyaviy kafolatlarni mustahkamlash yo‘nalishidagi sa’y-harakatlar AQSH tadbirkorlari uchun ishonchli hamkorlik asosini ta’minlab beradi.

Deputat sifatida shuni ta’kidlamoqchimanki, bu kabi yuqori darajadagi uchrashuvlar nafaqat iqtisodiy sohada, balki madaniy-gumanitar aloqalarni ham chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Yuta shtati universitetlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik orqali yoshlarimiz uchun yangi ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Shubhasiz, bu uchrashuv O‘zbekistonning tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatida navbatdagi muhim qadam bo‘lib, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga yangi sur’at bag‘ishlaydi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Qurbonov Farxod Absalomovich

Slide 1 of 1