Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Aholi bilan ochiq muloqot — amaliy yechimlar sari qadam

 Aholi bilan ochiq muloqot — amaliy yechimlar sari qadam 

  

Farg‘ona tumanida aholining dolzarb muammolarini o‘rganish va ularga manzilli
yechim topish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Dilshod
Karimov hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Saida Otadjonovalar “Yangi
asr” va “Mindonobod” mahallalari faollari bilan uchrashib, hududdagi ishlar bilan
yaqindan tanishdilar.
 

Uchrashuv davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash
borasidagi ishlar tahlil qilindi. Mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib,
ularni hal etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
 

Muloqot chog‘ida aholi tashabbuslari, faol fuqarolarning taklif va fikrlari
inobatga olindi. Deputat va partiya vakillari tomonidan aholining turmush darajasini
yaxshilash, joylarda ijtimoiy faollikni kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini
yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Bunday ochiq muloqotlar xalq vakillarining xalq manfaatlariga
xizmat qilishga qaratilgan amaliy ishlarining yorqin ifodasidir.
  

Slide 1 of 6