Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Zarbdor tumanida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Zarbdor tumanida suvdan foydalanish tizimini yaxshilash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martgacha bo‘lgan vegetatsiya davrida suv olish ishlari uchun ajratiladigan suv limiti asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Zarbdor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DМ tomonidan suv ta’minoti va foydalanishni tartibga solish ishlari tashkil etiladi. Jumladan:

  • belgilangan limitlar asosida iste’molchilarga suv yetkazib berish;
  • hududdagi suv hisobotini yuritish va nazorat qilish;
  • suv tarmoqlarini soz holatda saqlash hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish;
  • suv olish joylarini boshqarish, suv monitoringini yo‘lga qo‘yish;
  • iste’mol qilingan suv hajmini aniqlab, tegishli idoralarga ma’lumotlarni yetkazish kabi vazifalar belgilangan.

Qarorga ko‘ra, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Kengashiga har chorakda hisobot taqdim etiladi.

Shuningdek, qaror matni va mazmuni haqida aholiga axborot berish “Zarbdor” gazetasi hamda tuman hokimligi rasmiy veb-sayti orqali yoritilishi belgilandi.

Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.