Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
“S5+1” formatidagi Sammitda erishilgan natijalar haqida fikrim

“S5+1” formatidagi Sammitda erishilgan natijalar haqida fikrim

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Sammitda O‘zbekistonni faqat suhbatdosh davlat sifatida emas, balki amalga oshirilayotgan loyihalarda faol ishtirokchi, tashabbuskor davlat sifatida namoyon etdi. 

Hususan:

➖O‘zbekiston va AQSh mamlakat rahbarlari tomonlaridan investitsiya, savdo, infratuzilma sohalarida yanada faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi;

➖Markaziy Osiyo mintaqasidagi mineral resurslar bo‘yicha muloqotlarni kengashtirish borasida O‘zbekiston yangi transport va kommunikatsiya koridorlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi;

➖Sammitda O‘zbekiston nafaqat ishtirokchi davlat sifatida, balki mintaqadagi integratsiya va hamkorlikni rivojlantiruvchi davlat lavozimida qayd etildi.

🔹Ushbu tashabbuslar bugungi kunga qadar ko‘pchilik tomonidan faqat fikr sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, Sammitda amaliy jarayonlar yo‘lga qo‘yilishi ko‘rib chiqildi.

🔹“C5+1” Sammitida erishilgan natijalar – bu faqat tashqi aloqalardagina emas, balki ichki islohotlar va rivojlanish uchun ham muhim imkoniyatni yaratadi.

🔹Men deputat sifatida bu imkoniyatlardan foydalanish va ularni xalq manfaati yo‘lida amalga oshirishga qaratilgan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayman.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Sadirov