Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Samarqand – jahon sivilizatsiyasi muloqot maydoni

       Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKOning 43-Bosh sessiyasi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi, madaniy salohiyati va ma’naviy qudratini yanada yorqin namoyon qildi. Bu tarixiy voqea nafaqat ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega, balki O‘zbekistonning dunyo bilan muloqot siyosatidagi yangi bosqichni anglatdi. Samarqand bugun yana bir bor jahon jamoatchiligiga tinchlik, hamjihatlik va ma’rifat ramzi sifatida o‘z so‘zini aytdi.

️ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sessiya ochilishidagi nutqida madaniy merosni muhofaza qilishni inson xotirasini asrash bilan bog‘ladi. Ta’kidlanishicha, bugungi dunyo raqobat va texnologiya asrida madaniyat, ta’lim va ma’rifat insoniyatni birlashtiradigan yagona kuchga aylanmoqda. Davlat rahbari ta’lim tizimida yangi yondashuv, yoshlarda ijodkorlik va erkin fikrni qo‘llab-quvvatlash, axborot xatarlariga qarshi ma’rifat bilan javob berish zarurligini alohida urg‘uladi. Bu fikrlar nafaqat xalqaro hamjamiyat, balki har bir fuqaro uchun amaliy dastur sifatida qabul qilindi.

️ Samarqanddagi bu anjuman, aslida, O‘zbekistonning yangi yuzini – ochiq, ma’rifatli va jahon bilan hamqadam davlat qiyofasini ko‘rsatdi. Bu shahar tarixda ilmiy bahslar, fikriy uyg‘onish va inson qadrini ulug‘lash bilan tanilgan. Endi esa u jahon miqyosidagi madaniy muloqot va hamjihatlikning ramziga aylanmoqda.

️ Haqiqat shundaki, Prezidentimiz so‘zlagan g‘oyalar bugun har bir rahbar, ziyoli, tadbirkor va yosh avlod uchun amaliy yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu sessiya – bir kunlik tadbir emas, balki kelgusi avlodlar tafakkuriga ta’sir etuvchi jarayonning boshlang‘ich nuqtasi. Samarqandda aytilgan fikrlardan ilhom olib, har birimiz o‘z sohamizda ma’rifat, insoniylik va adolat tamoyillariga sodiq qolishimiz — eng katta yutuq bo‘ladi.

Raxmatov Fotex

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati, “Adolat” sosial-demokratik partiyasi a’zosi, “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazi raisi