Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga “6-Yoshlarobod” saylov okrugidan saylangan deputat Bumayram Sobirova saylovchilar bilan uchrashdi.

 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashiga “6-Yoshlarobod” saylov okrugidan saylangan deputat Bumayram Sobirova
saylovchilar bilan uchrashdi.
 

  

Uchrashuv rejasiga muvofiq deputat
Bumayram Sobirova hududdagi Beruniy va Tinchlik
mahalla fuqarolari yig‘ini faollari bilan hamkorlikda aholi muammolarini
o‘rgandi. 

Saylovchilar tomonidan bildirilgan
murojaatlarda quyidagi masalalar ko‘tarildi: 

— Ibrat ko‘chasining 100 metr qismi
haligacha asfaltlanmaganligi; 

— Har ikki mahalla hududida aholi
xonadonlaridan chiqarilgan chiqindilar haftalab yig‘ilib, o‘z vaqtida olib
chiqilmayotgani. 

Aholi tomonidan bildirilgan ushbu
masalalar deputat tomonidan joyida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora ko‘rish
muhokama etildi. 

Muammolarni tizimli hal etish
maqsadida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal
xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Murodxon Qodirxonov
hamda tuman ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Toshbekov

nomlariga deputatlik so‘rovi kiritish bo‘yicha kelishuvga
erishildi. 

Deputat Bumayram Sobirova fuqarolar
murojaatlari ijrosini shaxsan nazoratga oldi va muammolarning amaliy yechimini
topish bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishini
ta’kidladi.  

Slide 1 of 4