Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston va AQSh hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika qo‘shma shtatiga rasmiy tashrifi mamlakatimiz tashqi siyosatining izchil davomiyligini, ochiqlik va hamkorlik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. Bu safar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan tarixiy uchrashuvlar va amaliy kelishuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, ta’lim va texnologiya yo‘nalishlarida muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, AQSh Prezidenti ma’muriyati, Kongress vakillari hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va transport infratuzilmasi sohalarida bir qator yirik loyihalar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Shuningdek, ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasida ham hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan yetakchi AQSh universitetlari o‘rtasida qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. 

Deputat sifatida men bu tashrifni mamlakatimiz uchun katta siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochuvchi muhim qadam deb bilaman. Bu nafaqat davlatlararo strategik aloqalarning mustahkamlanishiga, balki mahalliy hududlarda ham investitsion muhitni yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga turtki beradi. 

Kelgusida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi sheriklikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

investitsiya va texnologiyalar transferi - ilg‘or AQSh kompaniyalarining sarmoyalarini jalb qilish; 

raqamli iqtisodiyot va “yashil energiya” sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; 

ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yoshlar uchun xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish; 

xavfsizlik sohasida hamkorlik - mintaqaviy barqarorlik, kiberxavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashda tajriba almashish. 

Prezident tashrifi natijalarini joylarda amaliy natijaga aylantirish - biz, deputatlar zimmasidagi mas’uliyatli vazifadir. Xalq manfaatlari yo‘lida har bir yangi imkoniyatdan oqilona foydalanish, xorijiy hamkorlar bilan ochiq muloqot va sarmoyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim. 

Bu tashrif O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘yini yanada oshirib, mamlakatimizni ishonchli va barqaror hamkor sifatida ko‘rsatdi. Eng muhimi, ushbu natijalar xalqimiz farovonligini oshirish, iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 

Jahongir Safarov,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati