Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Deputatlar tibbiyot sohasidagi bunyodkorlik ishlarini nazorat qilmoqda

 Deputatlar tibbiyot sohasidagi bunyodkorlik ishlarini nazorat qilmoqda 

Joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashtirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar,
xususan “90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” doirasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash
maqsadida, Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi
tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rgandilar.
 

Shu maqsadda deputatlar tumandagi
Yangi hayot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 4-son oilaviy poliklinikada
“Hamkor-House SSS” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan
qurilish ishlari, Novkent mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 9-son oilaviy poliklinikada
olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida
xususan, 9-son poliklinikada aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf etish
bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar.
 

Qayd etish joizki, mazkur o‘rganishlar
tumanda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga yaqin va qulay tibbiy
xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda Prezident topshiriqlarining amaldagi ijrosini
ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimining muhim bo‘g‘inini tashkil etadi.
 

Shu bilan birga, deputatlar qurilish
pudratchilariga sovuq kunlar boshlanishidan oldin barcha ishlarini tez va sifatli
yakunlash zarurligini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 9