Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Deputatlar tomonidan ijtimoiy og'ir axvoldagi ishsiz fuqarolar murojaatlarini tinglab ularni band qilish masalasi yuzasidan o'rganishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi 9-“Saʼdiy”saylov okrugi deputati Jalolov Malik Kimsanboyevich ”O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yilning 23 sentyabridagi PQ-330 sonli qarori hamda 2025 yilning 8 maydagi PF-84-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Hamkorlik” mahalla fuqarolar yig‘inining menga biriktirlgan kambag‘al oilalar xonadonlarida bo‘lib, quyidagilarni aniqladim.

1. Baxramova Raisaxon 1987 yilda tug‘ilgan. Maʼlumoti – o‘rta. Eski o‘sh ko‘chasi, 204-uyda turmush o‘rtog‘i bilan yashaydi. 5 nafar farzandi bor. Farzandlari 3 o‘g‘il, 2 nafar qizi bor. kichigi 2, 5 yoshda, kattasi 12 yoshda. Turmush o‘rtog‘i ishsiz. Bolalari uchun 5 nafariga jami, 830 000 so‘mdan nafaqa puli oladi. Fuqaro R.Baxramova bilan suhbatda u o‘zini o‘zi band qilish va mehnat qilishga ishtiyoqi borligi aniqlandi. Kelgusida uni ish bilan band qilishga kelishib olindi.

2. Axmedova Zilola 1985 yilda tug‘ilgan. Maʼlumoti – o‘rta. Osh aylana, 4-xonadonda foydalanuvchi sifatida ikki nafar farzandi bilan birga yashaydi.. Oyiga 440 000 so‘mdan nafaqa puli olib turadi. Turmush o‘rtog‘i hozirda Rossiyada ishlaydi. Fuqaro Z.Axmedova bilan suhbatda o‘zini o‘zi band qilish va mehnat qilishga ishtiyoqi borligi aniqlandi. Kelgusida uni ish bilan band qilishga kelishib olindi.

3. Tursunoxunova Mexriniso 1983 yilda tug‘ilgan, uyda yashaydi. Maʼlumoti –o‘rta, 55-bog‘chada yordamchi tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Oylik ish haqi 1 500 ming so‘m. Uch nafar farzandi bor. 2 ta qiz , 1 nafar o‘g‘li. Katta farzandi o‘g‘il 15 yoshda, kichigi 9 yoshda, hammasi maktabda o‘qiydi. Kelgusida turmush o‘rtog‘i Tursunaxunov Abdulazizni ishga joylashtirishga kelishib olindi.

4. Shakirova Gulmira 1989 yilda tug‘ilgan. Maʼlumoti – o‘rta maxsus, kasbi huquqshunos. Eski o‘sh ko‘chasi, 2 tor 132/17-kvartirada yashaydi. Turmushidan ajrashgan. Ikki nafar fazandi bor. O‘g‘li 5 yoshda, qizi 12 yoshda. Hozirgi kunda vaqtinchalik farrosh bo‘lib ishlaydi. Oylik ish haqi 2 500 ming so‘m. Kelgusida u oyligi yuqoriroq vazifada ishlash istagi bor. Yuqoridagi fuqarolarni kambag‘al oilalar reyestridan chiqarish uchun choralar ko‘rilmoqda. 

Slide 1 of 6