Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
“Siyosat maydoni” intellektual ko‘rik-tanlovi

 “Siyosat maydoni” intellektual ko‘rik-tanlovi 

  

“Siyosat maydoni”
intellektual ko‘rik-tanlovi “Zakovat” intellektual o‘yini ruhida o‘tkazilib,
ishtirokchilarning siyosiy bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoada ishlash
ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
 

Urganch Davlat
Pedagogika institutida "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm
viloyati kengashi «Ayollar qanoti» tomonidan yoshlar, jumladan xotin-qizlardan
iborat siyosatchi tahlilchilarni shakllantirishga qaratilgan “Siyosat maydoni”
intellektual ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat Kengashi raisining
o‘rinbosari Ma’rifat Bobojanova, Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi
deputati Dilrabo Tojimuratovalar ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi —
yoshlar, xususan, xotin-qizlar orasida siyosiy tafakkur va tahliliy fikrlashni
rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etuvchi yangi avlod
yetakchilarini shakllantirishdan iboratdir.
 

Mazkur tanlov “Milliy
tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi
dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
 

Musobaqada 5 ta guruh
ishtirok etib, ular siyosiy partiyalar faoliyati, qonunchilik va dolzarb
ijtimoiy mavzularga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va
mahoratlarini namoyon etdilar. Ko‘rik-tanlovda “Balli qizlar” guruhi 1-o‘rinni,
“Yosh liderlar” va “Pedagogika” guruhlari 2-chi o‘rinni, “Zukkolar” guruhi
3-chi o‘rinni egalladilar va g‘olib bo‘lgan guruhlar partiyaning estalik
sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 

Tadbir yoshlarning
siyosiy faolligini oshirish, milliy g‘oya va qadriyatlar asosida yetuk siyosiy
tafakkur egalarini tarbiyalashga xizmat qildi.
 

   

Slide 1 of 7