35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
#IjtimoiyIsloh

#IjtimoiyIsloh

📍 Nurafshonda sessiya – faqat hisobot emas, mas’uliyat sinovi ham!

🔹 Nurafshon – yosh, shiddat bilan rivojlanayotgan, ulkan imkoniyatlarga ega shahar. Keyingi yillarda shahrimizda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Bunyodkorlik ishlari avjida, yangi inshootlar, yangi ish o‘rinlari, zamonaviy infratuzilma... Ammo bu jarayonda hammasi ham ko‘ngildagidek emas.

🟢 Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shaharning 2023–2025-yillardagi rivojlanish yo‘li, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

📣 Shahar hokimi Ilxom Klichxanov sessiyada nutq so‘zlab, ijro hokimiyati oldida turgan dolzarb vazifalar, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar, fuqarolar kutayotgan yechimlar haqida ochiq-oydin gapirdi. Shu bilan birga, o‘z vazifasini oqlamagan rahbarlar keskin tanqid qilindi.

📌 Sessiyada qayd etilgan asosiy tashkiliy choralar:

🔻 Ishdan olish taklifi:

• 2 nafar hokim yordamchisi;

• 4 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.

🔻 Ishdan ozod etilganlar:

• 1 ta tashkilot rahbari;

• 2 nafar ijtimoiy xodim.

🔻 Intizomiy choralar:

• 1 nafar ijtimoiy xodimga;

• 5 ta bank filiali rahbarlariga;

• 2 ta tashkilot rahbarlariga hayfsan;

• 2 ta tashkilot rahbarlariga — qat’iy ogohlantirish;

• 4 nafar shahar hokimining o‘rinbosariga — ogohlantirish.

🟡 Qo‘shimcha takliflar:

• 1 ta maktab direktori va 1 ta tashkilot rahbarining lavozimga loyig‘i ko‘rib chiqiladi

💬 Sessiyada deputatlar Djo‘ra Axmedqulov va O‘tkir Rashidov ham so'zga chiqib, shahar taraqqiyoti borasidagi fikrlarini bildirdi.

🧭 Muhim tomoni – sessiyada faqat tanqid emas, balki hal etishga qaratilgan aniq taklif va qarorlar ham qabul qilindi. Bu esa sessiyalar qog‘ozda emas, hayotda samara berishi kerakligidan dalolat.

📢 Xulosa: Nurafshon faqat go‘zal loyihalar emas, ularning oqilona ijrosi bilan rivojlanadi. Sessiya – bu hisobot uchun minbar emas, balki el oldida yuz berish maydoni. Mas’uliyat talab qilindi – endi natija kutiladi.

Slide 1 of 11