35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Davlat tili – milliy g‘ururimiz va mustahkam poydevorimiz

Davlat tili – milliy g‘ururimiz va mustahkam poydevorimiz

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida:

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili – o‘zbek tilidir” deb belgilangan. Bu qat’iy norma 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun orqali huquqiy asosini topdi. Mazkur hujjat nafaqat tilimizning maqomini belgilab berdi, balki milliy o‘zligimizni asrash, ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam poydevorga aylandi.

Til – bu oddiy aloqa vositasi emas. Til – millatning ruhi, yuragi, g‘ururi va tarixidir. Aynan ona tili orqali xalq o‘zligini anglaydi, madaniyatini, qadriyatlarini, dunyoqarashini avloddan avlodga yetkazadi.

Bugun o‘zbek tili nafaqat O‘zbekiston hududida, balki butun dunyoda 50 millionga yaqin inson tomonidan qo‘llanilayotgan boy va sermazmun tilga aylangan. Bu esa biz, xalq vakillari oldida, tilimizni yanada rivojlantirish, uni hayotimizning har bir sohasida ustuvor mavqega ega qilish bo‘yicha katta mas’uliyat yuklaydi.

Davlat tili bugun barcha rasmiy hujjatlar, qonunlar, farmonlar va qarorlarning asosiy tiliga aylangan. Biroq biz bu bilan kifoyalanib qolmasligimiz kerak. O‘zbek tili hayotimizning har bir jabhasida – ta’limda, ilm-fanda, texnologiyada, ommaviy axborot vositalarida, internetda va zamonaviy platformalarda ham to‘laqonli qo‘llanilishi zarur.

Deputat sifatida shuni ta’kidlamoqchimanki, davlat tilining nufuzini oshirish – bu faqat til masalasi emas, balki millat kelajagi, uning ijtimoiy birligi va ma’naviy yuksalishi masalasidir. Har bir ota-ona, har bir o‘qituvchi, har bir rahbar va har bir fuqaro ona tiliga hurmat bilan yondashishi – Vatanga bo‘lgan muhabbatining amaliy ifodasidir.

Shu bois, ona tilimizni ardoqlash, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llash, yosh avlodni o‘zbek tilida erkin fikrlaydigan, mutolaali va ma’naviy barkamol shaxs etib tarbiyalash – barchamizning umumiy burchimizdir.

Tilni asrash – kelajakni asrashdir!

Ona tilimiz – o‘zligimiz, uni qadrlash – milliy iftixorimiz bo‘lishi kerak.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tosheva Shaxnoza Azamatovna

Slide 1 of 1