Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Andijon shahar kengashi raisi M.Jalolov tomonidan Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida “Aholining ijtimoiy himoyasi - ijtimoiy barqarorlik asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Andijon shahar kengashi raisi M.Jalolov tomonidan Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida “Aholining ijtimoiy himoyasi - ijtimoiy barqarorlik asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda mazkur sohada mehnat qilayotgan rahbar-xodimlar, mutaxassislar ishtirok etdi.  

 Partiya shahar kengashi raisi, mahalliy kengash deputati Malik Jalolov so‘zga chiqib, partiyaning saylovdan keyingi ustuvor vazifalari haqida ma’ruza qildi.  

Bugun mamlakatimizda hamma sohalarda islohotlar mazmun jihatidan inson qadriga qaratilganini hammamiz yaxshi anglab turibmiz. Bu borada davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari ishlarni avvalgilardan ham tezroq, aniq va puxta bajarishga harakat qilishmoqda.  

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlari faoliyatini mahallla yettiligi bilan chambarchas bog‘lashga harakat qilmoqda.  

Notiq partiya siyosiy faoliyatini ijtimoiy xizmat xodimlari bilan uzviy bog‘liqligidan kelib chiqib, keyingi besh yillik uchun 15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalarni ayrimlariga to‘xtalib o‘tdi.  

O‘tkazilgan tadbirda ijtimoiy xizmatning bir guruh xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.  

Slide 1 of 6