Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Doimiy komissiyaning sayyor yig‘ilishi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doimiy komissiyaning ish rejasi asosida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani joyiga chiqib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi. Sessiya kun tartibidagi “Shahar mahalliy byudjetning 2025-yil 1-yarim yilligi uchun ijrosi to‘g‘risida”gi va “Shahar mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning foydalanishi yuzasidan olib borilgan nazorat ishlari to‘g‘risida”gi shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limini hisoboti eshitildi. Muhokama jarayonida shahar kengashi doimiy komissiya raisi U.Abdunazarov, kotibiyat mudiri X.Ibrgimova, doimiy komissiya a’zolari K.Shukurov, deputatlar J.Kamolxodjayev, D.Vaxobjonov o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Jumladan, mahalliy byudjet parametrlarini to‘liq sifatli bajarish, xarajatlarni sohalar bo‘yicha samarali ijro etish, “Tashabbusli byudjet” jarayonida oxirgi 5 yil davomida biron marotaba ishtirok etmagan 8 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarni hisobotini eshitish, qo‘shimcha manbalardan xarajat qilinishida mahalliy kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari bilan uchrashuvda ko‘tarilgan dolzarb muammolarni
yechimiga ham mablag‘ ajratish yuzasidan tavsiyalar berdilar. Muhokama yakunida tegishli qaror qabul qilinib, ushbu masalani sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi. 

Slide 1 of 4