Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Shahar prokuraturasidagi muzey

 Xalq deputatlari shahar kengashining bir guruh deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi va Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish bo‘yicha shahar prokuraturasida tuzilgan Ishchi guruh faoliyati bilan tanishib, olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida shahar prokurori adliya maslahatchisi B.Ilyasovning axborotini eshitdilar. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida yangicha tizim joriy etilib, prokuraturaning mas’uliyati yanada oshirildi. Qaror bilan respublikaning har bir tumani va shahrida energiya balansini ishlab chiqish, ularning ko‘rsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha shahar idoralararo ishchi guruhlari tuzilib, faoliyat olib bormoqda. Ishchi guruh faoliyatini yanada kuchaytirish va samarali olib borish bo‘yicha takliflar bildirilib, yaqindan hamkorlikka kelishib olindi.  

Shuningdek, shahar kengashining deputatlari shahar prokuraturasi binosida “Prokuratura tarixi”ni aks ettirgan kichik muzey faoliyati bilan tanishdilar. Unda joy olgan tarixiy eksponantlar va hujjatlar deputatlarda katta ta’surot uyg‘otdi. Ushbu muzeyda joy olgan eksponantlar aholi,
ayniqsa yoshlar ongida huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarorlar huquqini himoya qilish jarayonlarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Slide 1 of 7