Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi

 Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi  

Quva tumanida
2024–2025 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini muvaffaqiyatli yakunlagan
3032 nafar o‘g‘il-qizdan 78 nafari oltin, 17 nafari esa kumush medal bilan maktabni
tamomladi. Bugun tuman hokimligida mazkur yoshlarning bilim va faoliyati munosib
rag‘batlantirildi — tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Quva
tumani hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Solijonov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati
mudiri, tuman Kengashi deputati Rustamjon Nodirov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi
bo‘limi mudiri Dadajon Yunusov, maktab direktorlari, ustozlar, bitiruvchi yoshlar
hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. 

Tantanali marosimda
so‘zga chiqqanlar tomonidan yuksak medallar bilan ta’qdirlangan o‘quvchilarning
faoliyati, mehnatsevarligi va bilimga intilishi alohida ta’riflandi. Ta’lim tizimidagi
islohotlar, yaratilgan sharoitlar, pedagoglarning fidokorona mehnati samarasi o‘laroq
bugungi yutuqlarga erishilayotgani ta’kidlandi. 

Ushbu medallar
nafaqat yoshlarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlarini, balki ularning faol hayotiy pozitsiyasini,
jamiyatdagi munosib o‘rnini e’tirof etishdir. Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning
ota-onalari ham so‘zga chiqib, ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar uchun minnatdorlik
izhor etishdi. 

Taqdirlash marosimi
yoshlar uchun ulkan rag‘bat, kelgusida ham ana shunday yuksak maqsadlar sari intilish
uchun kuch-g‘ayrat baxshida etishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.  

Slide 1 of 8