Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Mahalliy vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga deputat munosabati.

Mahalliy vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi – islohotlarning yangi bosqichi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23 iyundagi PF–98-sonli Farmoni bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining tasdiqlanishi-joylardagi Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadigan muhim siyosiy hujjatdir.

Tuman Kengashi deputati sifatida ushbu Farmonda belgilangan maqsad va vazifalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. 

Chunki u mahalliy muammolarni aniqlash va hal etishda Kengashlar imkoniyatlarini kengaytirish, deputatlarning tashabbus va nazorat funksiyalarini kuchaytirishga qaratilgan.

Hususan, Konsepsiyada tuman Kengashlari ishtirokida jamoatchilik eshituvlarini yo‘lga qo‘yish, qarorlar qabul qilishda fuqarolar fikrini hisobga olish, mahalliy byudjet va hududiy dasturlarni shakllantirishda deputatlar va fuqarolarning bevosita ishtirokini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Bu esa Kengashlarni haqiqiy xalq vakili sifatidagi maqomini mustahkamlaydi.

Biz, tuman deputatlari, endi faqat tasdiqlovchi emas, balki tashabbuskor, tahlilchi va nazoratchi sifatida harakat qilishimiz talab etiladi. 

Mahalliy muammolarni bilishimiz, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar kiritishimiz va eng muhimi – xalqimizning ishonchini oqlashimiz kerak.

Farmonda ko‘rsatilgan vazifalarning tumanda to‘liq ijrosini ta’minlash biz deputatlar va mahalliy hokimiyatning qo‘shma mas’uliyatidir. 

Ayni paytda, har bir deputat ushbu jarayonda faol ishtirok etishi, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lib, Kengash faoliyatining ochiq va samarali bo‘lishi uchun harakat qilishi lozim.

Slide 1 of 1