Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida

 Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida 

Quva tumanida ekoturizmni
rivojlantirish, hududning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va sayyohlar
uchun zamonaviy, ekologik toza dam olish maskanlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim loyihalardan biri – Karkidon suv ombori
hududida tashkil etilayotgan ekoturizm kompleksi bo‘lib, bugungi kunda mazkur loyiha
tuman Kengashi deputatlari tomonidan ham yaqindan o‘rganildi.
 

Tashrif doirasida deputatlar
Karkidon suv ombori atrofidagi 250 gektar maydonda amalga oshirilayotgan “Yashil
belbog‘” va “Sokin hudud” loyihalari, yangitdan qurilayotgan 57 ta dam olish maskanlari,
shuningdek, mavjud 26 ta dam olish maskanlarini zamonaviy arxitektura talablari
asosida rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishishdi.
 

Shuningdek, mehmonlar yo‘l
infratuzilmasini yaxshilash, mehmonxona, umumiy ovqatlanish joylari hamda ekobozor
tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib, fikr va
takliflarini bildirishdi.
 

Deputatlar ushbu tashrif doirasida
loyihalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi,
yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va eng asosiysi
— Quva tumanini turizm xaritasidagi muhim nuqtaga aylantirishdagi o‘rnini alohida
ta’kidlashdi.
 

Shuningdek, ekologik barqarorlik,
tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va aholining dam olish madaniyatini
shakllantirishda bu kabi loyihalarning ahamiyati katta ekani ta’kidlandi.
 

Tashrif yakunida tuman Kengashi
deputatlari loyihalarni amalda to‘liq ro‘yobga chiqarishda mutasaddi tashkilotlarga
o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi hamda ushbu tashabbuslar Quva tumani kelajagi
uchun muhim o‘rin tutadi, degan xulosaga kelishdi.
  

Slide 1 of 9