35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil Vengriya davlatiga amalga oshirgan rasmiy tashriflari

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil Vengriya davlatiga amalga oshirgan rasmiy tashriflari mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida muhim kelishuv va uchrashuvlarga boy bo‘lishi bilan birga mustaqil davlatimizning tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatlarni ham belgilab berdi.  

Xususan, davlatimiz rahbari Budapeshtda bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlar bilan uchrashuvda transport va yo‘l infratuzilmasini yangilash, logistika markazlari qurish, qurilish materiallari, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bundan tashqari, ekstraditsiya, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, tabiiy ofatlar monitoringi, ilm-fan, innovatsiyalar va tinch atom sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida muhim hujjatlar, shuningdek, ikki davlat rahbarlari tomonidan kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolangani davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, albatta.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni esa Budapesht shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etib, o‘z nutqida turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib bergani dunyo siyosatchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Xususan, Prezidentimiz jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini, xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda ushbu tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi. 

Shuningdek, Prezidentimiz turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi, xususan, turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash, tashkilot a’zolarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida «Turk-treyd» onlayn platformasini yaratish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish, Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida «yagona darcha» va «yashil yo‘laklar» tizimini tez fursatda joriy etish kabi dolzarb takliflarni berdi. 

Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmatsevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklifi bildirilgani tashkilot istiqbolini belgilab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga amaliy tashrifi nafaqat yurtimiz milliy iqtisodiyoti, balki, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga hissa qo‘shdi. 

Mirzayev Alisher Umirzoqovich,

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,