35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
📢 Mahalliy sanoat taraqqiyoti – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 🏭✨

📅 2025-yil 26-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi.

🧶🏗🪑 Yig‘ilishda, tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi mehnat qilayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatini rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

💍 Endilikda zargarlarga ham yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tilla buyumlar savdosi bilan qonuniy shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Bu sohani "soya"dan chiqarish maqsadida mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlar rastalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirib, ularning faoliyatini huquqiy asosga tushirish vazifasi topshirildi.

📦✈️ Shuningdek:

✅ Zarur uskuna va butlovchi qismlar importi bojxona boji va QQSdan ozod qilinadi;

✅ Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlaridan oltinni bo‘lib to‘lash asosida xarid qilish tartibi yana 3 yilga uzaytiriladi;

✅ Dunyoning nufuzli brendlari bilan hamkorlik o‘rnatilib, ularning dizayni va qoliplarini olib kelish xarajatining 30 ming dollargacha qismi qoplab beriladi;

✅ Milliy zargarlik brendini yaratish uchun xorijdan dizayner, texnolog va gemmologlar jalb qilinadi, ularning xarajatlari ham qisman qoplab beriladi. 🌍🎨🔬

👕👞👜 Yig‘ilishda yengil sanoatga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Bugungi kunda tayyor kiyim-kechak, charm-attorlik mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Ammo milliy mahsulotlarni aholiga keng tanitish va ularga tanlov imkonini beradigan savdo markazlari yetishmaydi.

🏬 Shu bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari tashkil etiladi. Bu yerda joylashadigan do‘konlar tadbirkorlarga minimal narxlarda ijaraga taklif etiladi.

📉 Yana bir muhim yangilik – ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2%, ijtimoiy soliq esa 1% etib belgilangandi. Endilikda ushbu imtiyoz uchun talab yanada yengillashtirilmoqda: ehtiyojmand xodimlar ulushi 7,5 foizga tushiriladi. Bundan buyon nogironligi bor fuqarolar ham ushbu me’yorga qo‘shib hisoblanadi.

📣 Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalqimiz farovonligi va mahalliy sanoat ravnaqi uchun belgilangan ushbu keng ko‘lamli chora-tadbirlar bo‘yicha aholini xabardor qilish, ularni imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga undash – barchamizning vazifamizdir.

🖊 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudayberganova

Slide 1 of 1