35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
MAHALLIY SANOAT – MAMLAKAT RIVOJINING MUHIM ASOSI

2025-yil 26-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari sanoat va eksport masalalarini “respublika – tarmoq – viloyat – tuman” vertikal tizimi asosida o‘z vaqtida va to‘liq hal qilish zarurligini ta’kidladi. Agar bu tizim to‘g‘ri ishlaganida, sanoatda yana 2 foizlik o‘sishga erishish mumkinligi alohida qayd etildi.

Bu haqiqat biz – joylardagi rahbarlar, xalq vakillari va deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Ayniqsa, tuman miqyosida ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, yosh mutaxassislar va hunarmandlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va eksport imkoniyatlarini kengaytirish bizning bevosita vazifamizdir.

Yig‘ilishda, shuningdek, milliy brendlarni ko‘paytirish va mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Endilikda Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu kompaniya quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

xorijdan malakali brend-menejerlar, dizaynerlar, marketologlar va piar-menejerlarni jalb qiladi;

xalqaro sertifikatlarga ega, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;

tanlab olingan mahsulotlarga sifat belgisi berilib, ularning brendini dunyo bozorida targ‘ib qilish uchun keng qamrovli reklama kampaniyasi boshlanadi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bu tashabbuslar tumanimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda mahalliy mahsulotlarimizni nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro savdo maydonlarida ham ko‘rish, tanitish va eksport qilish imkoni paydo bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan barcha ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar, yosh tadbirkorlar va startap egalarini ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqiraman. Mahalliy kengash deputati sifatida, tumanimiz sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida doimiy ko‘makchi bo‘lishga tayyorman.

Keling, barchamiz birgalikda harakat qilaylik! Mahalliy sanoatni rivojlantirish orqali yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shaylik!

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Abdusalomov Elyor Salaxiddinovich

Slide 1 of 1