35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
OʻZBEKISTONNING DUNYO SAHNASIDAGI ZAFARLI QADAMI


Bugun Oʻzbekiston dunyo sahnasida tinchliksevar, ochiq va pragmatik siyosat yurituvchi davlat sifatida eʼtirof etilmoqda.  

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19–22-may kunlari rasmiy tashriflari ham ana shu siyosiy yurishning mantiqiy davomidir. 

Ayniqsa, Vengriya bilan oʻzaro munosabatlar soʻnggi yillarda tez surʼatlarda rivojlanib, ikki xalqning tarixi, manfaatlari va kelajagi ustuvor boʻlgan strategik sheriklikka aylandi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan qator ustuvor yoʻnalishlarni koʻrsatib oʻtdi: 

qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish; 

mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish; 

transport va logistika tizimlarini integratsiyalash; 

toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni kengaytirish. 

Eʼtiborga molik jihat shundaki, tashrif doirasida transport va yoʻl infratuzilmasini yangilash, logistika markazlari qurish, qurilish materiallari, toʻqimachilik va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga oid yangi loyihalar boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati U.Kuryazov