35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi doimiy komissiyalarining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar Tashabbusi: Ta’lim Islohotlari Mahallalarda Targ‘ib Etilmoqda

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalasi”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimizda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni belgilab berdi.

          Mazkur yig‘ilishda ilgari surilgan vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, 2025-yil 19-may kuni xalq deputatlari Angor tuman Kengashining deputatlari tomonidan mahallalardagi ta’lim va tibbiyot muassasalarida saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda deputatlar videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan muhim yo‘nalishlar, jumladan:

  • ta’lim sifati va samaradorligini oshirish,
  • o‘qituvchilar malakasini doimiy ravishda oshirib borish,
  • maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
  • zamonaviy o‘quv metodikalari va darsliklarni joriy etish,
  • ta’limda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish kabi dolzarb masalalarni keng tushuntirib berdilar.

          Shuningdek, tibbiyot muassasalarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda aholiga sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, birlamchi tibbiy xizmat sifati, tibbiy profilaktika va zamonaviy diagnostika usullarini joriy etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ham ma’lumotlar berildi.

          Uchrashuvlar ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, mavjud muammolar yuzasidan deputatlarga taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

          Deputatlar esa o‘z navbatida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilayotgan islohotlar mazmunini tushuntirish, ularni joylarda to‘laqonli amalga oshirishda fuqarolar faolligini oshirish borasida bunday uchrashuvlarning muhimligini ta’kidladilar.

          Shubhasiz, mahallalarda o‘tkazilayotgan bu kabi targ‘ibot va tushuntirish ishlari fuqarolarning davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, islohotlarning ildizi xalq orasigacha yetib borishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 8