Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Deputat faoliyati

SOG‘LOM VA BILIMLI AVLOD YANGI O‘ZBEKISTONNING KELAJAGI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yilning 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig'ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodlarga bog‘liq ekanligi haqidagi ma’ruzalarini tinglab, o‘qituvchilik kasbimga bo‘lgan ixlosim yanada ortdi.

Prezidentimiz ta’kidlagan yana bir muhim jihatga e’tibor qaratib, bugungi yoshlar ma’naviyatiga axborot xurujlari avj olgan sharoitda biz ota-onalar va ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y yosh avlod tarbiyasida hushorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz lozim. Darhaqiqat,bu har bir ota-onaning, o‘qituvchining ertasini o‘ylaydigan xalqning yuragidagi gap. Barcha ustozlar buni chuqur his etib, ta’lim-tarbiya jarayonida hech bir jihatni ko‘zdan qochirmasligimiz, ustoz degan ulug‘ nomga munosib bo‘lishimiz zarur.

Biz pedagoglar Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlarga labbay deb javob berib, o‘z ustimizda muntazam ishlashimiz, ko‘nikmalarimizni oshirishimiz, Yangi O‘zbekistonning sog‘lom, bilimli, vatanparvar yoshlarini tarbiyalash uchun bor kuch va shijoatimizni ishga solishimiz kerak.

M.Qurbonova,
”Do‘stlik” ordini sohibi,  o’qituvchi,
Piskent tuman Kengashi deputati. 

Slide 1 of 3