Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Deputatlar tomonidan hokim yordamchilari faoliyati o‘rganilmoqda

 Deputatlar tomonidan hokim yordamchilari faoliyati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tarkibidan
tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan
mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining ish faoliyati o‘rganilmoqda.  

Deputatlar tomonidan hokim yordamchilarining joylardagi
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash, aholi bilan ishlash, oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish va tadbirkorlarga ko‘maklashish borasidagi
amaliy faoliyatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Tashriflar chog‘ida joylarda aholi vakillari bilan ochiq
muloqotlar tashkil etilib, hokim yordamchilarining ish uslubi, aholining murojaatlariga
qay darajada e’tibor qaratayotgani, muammolarga yechim topishdagi faolligi tahlil
qilinmoqda. 

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha
tegishli tavsiyalar berilib, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
belgilanmoqda. Shu bilan birga, ijobiy tajribalar ham e’tirof etilib, boshqa hududlarda
ham qo‘llash tavsiya qilinmoqda. 

Mazkur o‘rganish deputatlarning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar ijrosini nazorat qilish va hokim yordamchilarining faoliyatini samarali
yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Slide 1 of 5